03 Dekabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +5,7 °C

investitsiyalar
15 Yanvar  2020 2025

Oliy darajadagi tashriflar samarasi bo‘y cho‘zmoqda

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yilda Birlashgan Arab Amirliklari va Yaponiyaga oliy darajadagi tashriflar yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Portal pv.uz/«Pravda Vostoka»/15-yanvar. Prezidentning 2019-yilning 24-26-mart kunlari BAAga va 17-20-dekabr kunlari Yaponiyaga rasmiy tashriflari bo‘lib o‘tdi.
Tashriflar natijasida hukumatlararo va idoralararo hujjatlar to‘plami hamda savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalaridagi shartnomalar imzolandi.

«Masalan, Birlashgan Arab Amirliklari bilan umumiy qiymati 10 milliard dollardan ortiq qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi, Yaponiya bilan esa bu ko‘rsatkich 6,6 milliard dollardan oshadi», deya xabar qiladi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmatiga tayangan REGNUM AA.

Energetika, infratuzilmani rivojlantirish, neft-gaz, kimyo va neft-kimyo sanoati, mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, sayyohlik va boshqa sohalarda yirik loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
Amirlik tomoni ishtirokida jamg‘armasi 1 mlrd dollar bo‘lgan «The Abu Dhabi Uzbek Fund» investitsiya fondi tashkil etildi, «bugungi kunga kelib ushbu fond mablag‘lari hisobidan kichik va o‘rtacha loyihalarni moliyalashtirish, shuningdek, Samarqandda mehmonxona qurish va «Hyatt Regency Tashkent» mehmonxonasini xususiylashtirish ma’qullangan».

Shuningdek, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) mablag‘lari jalb qilinib, Respublika ixtisoslashtirilgan nevrologiya va insult ilmiy-amaliy tibbiyot markazini qurish va jihozlash loyihasi amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Yaponiyaning xalqaro hamkorlik banki (JBIC, The Japan Bank for International Cooperation) mablag‘lari hisobidan «Ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazlari (Data-sentr) yaratish», «Xalqaro paketli kommutatsiya markazlarini kengaytirish», «Telekommunikatsiya transport tarmog‘i va ma’lumotlar uzatish tarmog‘ini kengaytirish», «Radio tarmoqni modernizatsiya qilish» loyihalarini amalga oshirish uchun 180 mln dollarni jalb etishni rejalashtirgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech