18 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,2 °C

Mamlakatimizda
29 May  2019 534

1-sentyabrdan yoshlarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha huquqiy bilimlari oshirib boriladi

O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Prezident Farmoni qabul qilindi. 

Farmon bilan quyidagilar tasdiqlandi:

-2019-2020-yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi;

-Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining yangilangan tarkibi.

Davlat dasturining har bir bandi bo‘yicha maqsadlarga erishishda samaradorlik indikatorlari ishlab chiqiladi.

Shuningdek, hududlarda ham xalq deputatlari Kengashlari tarkibida korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyalari tashkil etilib, ular joylarda ushbu sohadagi ishlarning holatini kompleks o‘rganib boradi. 

Farmonga asosan 2019-yil 1-sentyabrdan boshlab, yoshlarga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ta'lim berish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilib, tatbiq etiladi. 

Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi va oliy ta'lim muassasalarining o‘quv dasturlarida korrupsiyaga qarshi mavzular yanada kuchaytiriladi. 

2019-yil 1-avgustdan boshlab eksperiment tariqasida dastlabki bosqichda kapital qurilish va oliy ta'lim sohalarida “Korrupsiyasiz soha” loyihasi amalga oshiriladi, 2020-yil 1-apreldan boshlab esa loyiha boshqa sohalarga ham bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Prezident Farmoniga ko‘ra, tegishli sohada korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga imkon yaratayotgan sabablar va shart-sharoitlarni tag-tomiri bilan yo‘qotish davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining birinchi darajadagi muhim vazifasi hisoblanadi.

2019-yil 1-iyuldan boshlab davlat organlari zimmaga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishda yuzaga keladigan korrupsiya xavf-xatarlarini majburiy baholab boradi. 

Bunda davlat organlari: 

-korrupsiya xavf-xatariga eng ko‘p duch keladigan davlat xizmatchilarining faoliyat sohalari va lavozimlari, shuningdek, ularning funksiyalari (vakolatlari)ning ro‘yxatini shakllantiradi;

-idoraviy korrupsiyaga qarshi kurashish dasturlari ijrosining har choraklik monitoringini amalga oshiradi va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni minimum darajaga tushirish choralarini ko‘radi.

Muayyan toifadagi davlat xizmatchilarining mulki va daromadlarini deklaratsiya qilish tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech