23 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +31,7 °C

Kеyingi avlod
8 Avgust  2019 464

Bu yil Toshkent shahrida 1-sinflarga qancha o‘quvchi qabul qilinadi?

2019-2020-o‘quv yilida 1-sinflarga jami 49598 nafar bola qabul qilinishi rejalashtirilgan. Bugungi kunda qariyb yigirma besh ming o‘quvchi qabul qilindi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati ma'lum qiladi.

Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasi tasarrufida bugungi kunda 287 ta umumiy o‘rta ta'lim muassasalari faoliyat yuritmoqda. Ular loyiha sig‘imiga ko‘ra umumiy quvvati 308739 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan bo‘lib, 2019-2020-o‘quv yili mazkur ta'lim muassasalarida jami 442906 nafar, ya'ni amaldagi quvvatiga nisbatan 134167 nafar ko‘p o‘quvchilar ta'lim-tarbiya olishi kutilmoqda.

Toshkent shahar hokimining 2019-yil 5-avgustdagi 1068-sonli qarori asosida faoliyati tugatilayotgan 4 ta kasb-hunar kollejlari ham bosh boshqarma tasarrufiga o‘tishi munosabati bilan yangi o‘quv yilida yangi maktablar tashkil etiladi. Xususan, endilikda Mirobod kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji binosida 56-sonli umumta'lim maktabi, Mirobod sanoat kasb-hunar kolleji o‘rnida 65-sonli umumta'lim maktabi, Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji binosida 68-sonli umumta'lim maktabi, Yunusobod kompyuter-texnologiya kasb-hunar kolleji o‘rnida 72-umumta'lim maktabi ish boshlaydi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech