09 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +4,6 °C

Xavfsizlik
15 Fevral  2019 1565

105 million so‘mlikdan ziyod noqonuniy mahsulot bojxonada ushlab qolindi

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi xodimlari sifati kafolatlanmagan oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa tovarlarning respublikamizga noqonuniy olib kirilishiga doir navbatdagi bojxona qoidabuzarliklarini fosh etdi, deb xabar bermoqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

“Keles” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari “Moskva-Andijon” yo‘nalishida kirib kelgan poezd vagonlarini bojxona ko‘rigidan o‘tkazish davomida fuqaro X.T. vagon restoranining xufyona joylariga salkam 100 kg. og‘irlikdagi pishloqlar, 17 litr alkogol mahsuloti, 203 dona parfyumeriya vositalari, biologik aktiv qo‘shimchalar va boshqa tovar-moddiy boyliklarini  yashirganligi ma’lum bo‘ldi. Olingan ashyoviy dalillarning umumiy qiymati 92,6 million so‘mni tashkil etadi.

Shuningdek, mazkur bojxona posti xodimlari  tomonidan  “Almata-Toshkent” yo‘nalishida kirib kelgan poezd yo‘lovchilaridan biri M.A. umumiy qiymati salkam 13,8 million so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari, 470 dona turli xil bolalar uchun kasha, ozuqa va sharbatlar hamda har xil energetik va salqin ichimliklarni bojxona nazoratidan yashirib olib o‘tishga urinayotganligi aniqlandi.

Shu o‘rinda aytish joiz, jismoniy shaxslarga respublikamizga temir yo‘l o‘tkazish punktlari orqali kirib kelishda 1000 AQSh dollari ekvivalenti miqdoridagi tovarlarni bojsiz olib kirishga ruxsat etiladi. Ammo, bunda bojxona to‘lovlari undirilmaydigan ayrim tovarlarni olib o‘tishning miqdoriy normalariga rioya qilinishi lozim.

Hozirda yuqoridagi holatlar bo‘yicha tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech