18 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +10,9 °C

Mamlakatimizda
8 Avgust  2019 779

11-avgustdagi test sinovlari qaysi kunga ko‘chirildi?

Davlat test markazining ma'lum qilishicha, Qurbon Hayiti munosabati bilan 11-avgust, yakshanba kuniga belgilangan test sinovlari boshqa kunga ko‘chirildi.

Hududlarda 11-avgustga belgilangan test sinovlari quyidagi kunlarga ko‘chirildi:

Qashqadaryo viloyati – 12-avgustga

Farg‘ona viloyati – 13-avgustga

Jizzax viloyati – 13-avgustga

Navoiy viloyati – 13-avgustga

Qoraqalpog‘iston – 14-avgustga

Andijon viloyati – 14-avgustga

Xorazm viloyati – 14-avgustga

Samarqand viloyati – 14-avgustga

Buxoro viloyati – 15-avgustga

Test sinovlari ko‘chirilgan abiturientlar test sinoviga kirish ruxsatnomasini yangidan olishi shart emas. Bino hamda test sinovlari vaqti (smenasi) avvalgidek saqlanib qoladi.

P.S.: Ro‘yxatda ko‘rsatilmagan hududlarda test sinovlari 11-avgustgacha tugab bo‘lgan bo‘ladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech