15 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,8 °C

Xavfsizlik
5 Noyabr  2019 487

1,2 mlrd. so‘mlik matolar hujjatlarda soxtalashtirildi

Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan bojxona to‘lovlaridan bo‘yin tovlashga uringan shasxlar fosh etildi, deb xabar qiladi Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

“Sayxun” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida “A.S.R.” MChJ tomonidan xorijdan keltirilgan 2 turdagi 30 tonna (yoki 42.7 ming metr uzunlikdagi) matolarni bojxona ko‘rigidan o‘tkazish davomida ularning tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasidagi kodlari o‘zgartirilganligi aniqlandi.

Aslida  tukli matolar hisoblangan mazkur gazlamalar hujjatlarda rangli iplardan tayyorlangan trikotaj matolar sifatida tasniflangan. Bu esa tabiiyki bojxona to‘lovlarining to‘g‘ri va to‘liq hisoblanishiga to‘sqinlik qiladi.

Hozirda ushbu tovarlar vaqtincha saqlovga olingan bo‘lib, dastlabki, hisob-kitoblarga ko‘ra ularning umumiy qiymati jami 1,2 mlrd. so‘mdan oshadi.

Mazkur holat yuzasidan qo‘mita tomonidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech