03 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,5 °C

Salomatlik
9 Aprel  2020 359

140 million dollardan ortiq yordam

Islom taraqqiyot banki koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda O‘zbekistonga ko‘maklashadi.

Joriy yil 8-aprelida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov Islom taraqqiyot banki (ITB) Prezidenti B.Hajar bilan videokonferensiya formatida  uchrashuv o‘tkazdi.

Unda koronavirus tarqalishi sharoitida aholini samarali himoya qilishni ta'minlash, kasallanganlarga o‘z vaqtida tashxis qo‘yish va davolashda  O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi imkoniyatlarini mustahkamlash hamda global pandemiyani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga bo‘lgan ta'sirini yumshatish maqsadidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

B.Hajar ITB «Strategik tayyorgarlik va choralar to‘plami» («to‘plam»ning umumiy qiymati 2,3 milliard dollardan iborat) imkoniyatlaridan foydalanib, O‘zbekistonga har tomonlama ko‘mak berishga tayyorligini bildirdi. Mazkur resurs global pandemiya sharoitlarida Bank a'zolari hisoblangan mamlakatlarga yordam ko‘rsatish maqsadida tuzilgan.

U koronavirus bilan kurashish maqsadida yaratilayotgan yangi shifoxonalar uchun tibbiy uskunalar va buyumlarni tezkor xarid qilishni moliyalashtirishga ITBning O‘zbekistondagi joriy kredit portfelidan 17 million dollar miqdoridagi mablag‘lar yo‘naltirganligini ta'kidladi.

Shuningdek B.Hajar koronavirus bilan kasallangan bemorlar uchun qurilayotgan yangi shifoxonalarni jihozlashga infrutuzilma loyihalari doirasida iqtisod qilingan 46 million dollarni qayta yo‘naltirish orqali O‘zbekistonga qo‘shimcha yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.

ITB prezidenti mazkur yo‘nalishda Bank o‘zining sho‘ba institutlari bo‘lmish Xalqaro Islom savdo-moliya korporatsiyasi, Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi va boshqalarning imkoniyatlaridan foydalanib, ko‘maklashishni kengaytirishga tayyorligini ta'kidladi.

Videokonferensiya yakunlariga ko‘ra tomonlar sog‘liqni saqlash tizimi ehtiyojlari va O‘zbekistondagi kichik va o‘rta biznes korxonalarini qo‘llab-quvvatlash uchun ITB tomonidan umumiy qiymati 140 million dollardan ortiqroq bo‘lgan qo‘shimcha moliyalashtirishni jalb etish bo‘yicha ishlashga kelishib oldilar, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech