11 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,5 °C

investitsiyalar
8 Iyul  2020 372

15 million dollar shaharlarni rivojlantirishga

Osiyo taraqqiyot banki Oʻzbekistonda shaharlarni rivojlantirish loyihasi uchun 15 million AQSH dollari ajratdi.

Shartnoma bitimi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida «Oʻzbekiston Respublikasida shaharlarni rivojlantirish loyihalarini tayyorlashni moliyalashtirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori bilan tasdiqlandi, deb xabar beradi “Dunyo” AA..

Qarorda suv taʼminoti va oqova tizimida investitsiya loyihalarining loyihaoldi va loyiha hujjatlarini oʻz vaqtida, sifatli ishlab chiqish, shuningdek, Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikni kengaytirish koʻzda tutilgan.

Shu maqsadda Osiyo taraqqiyot banki bilan Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida 2019-yil 13-noyabrda “Oʻzbekiston Respublikasida shaharlarni rivojlantirish loyihalarini tayyorlashni moliyalashtirish” loyihasini amalga oshirish uchun 5 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan 25 yilda qaytarish sharti bilan 15,0 million AQSH dollari miqdorida qarz berish toʻgʻrisida bitimi imzolandi.

Loyihani amalga oshirish davri 4 yil boʻlib, bu vaqtda Toshkent viloyati shahar va tumanlarining ichimlik suv va oqova tizimini rekonstruksiya qilish, qurish loyihasi, ichimlik suv, oqova suv taʼminotini rivojlantirish dasturi hamda shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi kabi investitsiya loyihalari tayyorlanadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech