12 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +31,6 °C

Tashvishli xabar
13 Mart  2020 766

15 tonna giyohvand modda qo‘lga tushirildi

Meksika mudofaa vazirligi kuni kecha 15 tonna giyohvand modda ortgan yuk mashinani qo‘lga olgani haqida ma’lum qildi. Yukning qora bozordagi narxi 24, 5 million dollar ekani aytilmoqda.

"Musodara qilingan yukning taxminiy bozor narxi 24 531 924 dollarga baholanadi, bu esa jinoiy guruh faoliyatiga sezilarli zarba bo‘ldi", deyiladi mudofaa vazirligi saytida tarqatilgan xabarda.

Kuerobabi strategik nazorat postida o‘rnatilgan gamma-skaner avtomobilga ortilgan yuk shubhali ekanini ko‘rsatgan. Shundan keyin, tekshirish mobaynida mashinada og‘irligi 15 409,5 kilogramm bo‘lgan 2299 qop marixuana borligi ma’lum bo‘ldi.

So‘nggi yillarda eng yirik o‘lja 2014 yil may oyida Tixuanda qo‘lga tushirilgan edi. O‘shanda huquq posbonlari 40 tonna noqonuniy yukni qo‘lga olishgan.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech