12 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7,4 °C

Xavfsizlik
1 Dekabr  2019 664

Qibrayda bir oilaning 16 nafar a'zosi is gazidan zaharlandi

Bugun, 1-dekabr kuni taxminan soat 05:30 larda Toshkent viloyati Qibray tumani Alisherobod mahallasidagi uylarning birida isteqomat qiluvchi bir oilaning 16 nafar a'zolari is gazidan zaharlanib, shifoxonaga murojaat qilgan, deb xabar qiladi IIV huzuridagi Tergov departamenti matbuot xizmati.

 

Murojaat qilganlarning orasida 11 nafari voyaga yetmagan fuqarolar bo‘lgan. Vafot etganlar yo‘q.

Hodisa sodir bo‘lgan joyda tergov-tezkor guruhi ishlamoqda.

Mazkur holat yuzasidan qo‘shimcha ravishda ma'lumot beriladi.

Hurmatli fuqarolar! Shu kabi holatlarning oldini olish maqsadida, Sizdan, xonandoningiz va boshqa binolardagi gaz anjomlarida gaz sizib chiqish holatlari bor yoki yo‘qligiga e'toborli bo‘lishingizni hamda ulardan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishingizni so‘raymiz, deyiladi xabarda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech