06 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +6,7 °C

Mamlakatimizda
18 Noyabr  2019 604

18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i tasdiqlangan kun!

Shuningdek, ushbu sanada “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan.

Davlat bayrog‘i O‘zbekiston davlat suverenitetining ramzi hisoblanadi.

Davlat bayrog‘i va uning tasviri katta-kichikligidan qat'iy nazar, hamma vaqt mazkur Qonunda belgilangan rangli va sxematik tasvirga aniq mos bo‘lishi kerak.

O‘zbekiston fuqarolari, shuningdek O‘zbekistonda turgan boshqa shaxslar Davlat bayrog‘ini hurmat qilishlari shart.

Jinoyat kodeksiga asosan, O‘zbekiston yoki Qoraqalpog‘istonning Davlat bayrog‘iga hurmatsizlik qilish 5 575 000 so‘mgacha miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga asosan esa, O‘zbekiston yoki Qoraqalpog‘istonning Davlat bayrog‘i to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish tegishli ma'muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech