16 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,6 °C

Mamlakatimizda
9 Mart  2019 1527

190 dona noqonuniy olib kirilayotgan tovarlar qo‘lga olindi

Yaqinda Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Sirg‘ali” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari xorijdan poytaxtimizda faoliyat yurituvchi xususiy korxonalardan birining nomiga kelgan yuklarni ko‘zdan kechirish davomida bojxona qoidabuzarligini fosh etishdi, deb xabar bermoqda Davlat bojxona qo‘mitasi.

Hujjatlarga ko‘ra, vazni 38 tonnadan ortiq 1369 o‘rindan iborat maishiy texnika tovarlari ortilgan bo‘lishi lozim edi. Ammo, bojxona ko‘rigi davomida yuklar bilan hujjatlardagi ma'lumotlar o‘rtasida tafovutlar ko‘zga tashlangan.

Natijada, konteynerlarga hujjatlarda ko‘rsatilganidan ortiqcha, jami qiymati 167 million so‘mlik 190 dona kir yuvish mashinasi, changyutgichlar, radio tovarlari  ortilganligi aniqlangan.

Hozirda  mazkur  holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari jarayonlari davom ettirilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech