02 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,8 °C

Energetika
6 Mart  2020 3364

2 500 MV ekotoza energiya olinadi

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Saudiya Arabistoni bilan energetika sohasiga doir muhim btimlar imzoladi.

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Saudiya Arabistonining yirik investori ― «ACWA Power» kompaniyasi bilan energetika sohasi taraqqiyoti hamda barqarorligini yanada takomillashtirishga xizmat qiladigan uchta bitim imzoladi.

2 milliard dollar qiymatga teng ushbu hujjatlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

- 1,2 milliard dollarlik investitsiya elektr energiyasini sotib olish bo‘yicha 25 yillik shartnoma (PPA)ni amalga oshirishga hamda 1 500 MVt quvvatli bug‘-gaz turbinali elektr stansiyasini (BGQ) qurish va ekspluatatsiya qilish ishlariga sarflanadi;

- 0,55–1,1 milliard dollar qiymatidagi navbatdagi loyiha quvvati 500–1 000 MVt ga teng shamol elektr stansiyasini barpo etishni nazarda tutadi;

- Mutaxassislarning texnik ko‘nikmalarini oshirish yuzasidan o‘quv markazini rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro anglashinuv memorandumi (AM).

1 500 MVt quvvatga ega yangi bug‘-gaz qurilmasi (BGQ) Sirdaryo viloyatining Shirin shahrida qurilishi rejalashtirilgan.

Loyihaga muvofiq quriladigan yangi bug‘-gaz qurilmasining samaradorligi 60% dan ziyod bo‘lib, u sarflanadigan tabiiy gazni qariyb ikki barobarga kamaytirish imkonini beradi.

Navbatdagi shartnoma «ACWA Power» kompaniyasi O‘zbekistonda 500 –

1 000 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasini qurishi haqida.

Uchinchi kelishuvga muvofiq esa «ACWA Power» kompaniyasi AQShning «Air Products & Chemicals» kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda energetika va kimyo texnologiyasi sohalarida mutaxassislar tayyorlash yuzasidan Shirin shahridagi kollejda texnik ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha o‘quv dasturlarini taqdim etadi.

Energetika vaziri Alisher Sultonov  «ACWA Power» kompaniyasining  sohada samarador faoliyat ko‘rsatkichlari bo‘yicha katta tajribaga ega ekanligini ta’kidladi.

Saudiya Arabistoni energetiklari sohada xususiy sektorning faol ishtirokini moliyalashtirish imkonini beradi. «ACWA Power»ning aqlli, energiya tejaydigan texnologiyalari mamlakatimiz elektr energetika sohasiga 2 000 MVt dan ortiq qo‘shimcha quvvatni taqdim etadi hamda mamlakatimiz uchun yanada barqaror, xavfsiz va arzon energiya ekotizimini yaratish imkonini beradi.

«ACWA Power» raisi Muhammad Abunayyan O‘zbekistonda energetika sohasining rivojiga munosib hissa qo‘shish o‘zlari uchun katta sharaf  ekanligini, hamkorlik esa milliy va ijtimoiy rivojlanish uchun yangi imkoniyatlarni yaratishi va yurtimiz aholisi uchun barqaror kelajakni yaratishga yordam berishiga ishonishini ta'kidladi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech