14 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34,9 °C

Salomatlik
2 Iyun  2020 365

2 900 nafardan oshiq kishi sogʻaydi

Ikkita hududdan 49 nafar bemor tuzalib, yurtimizda jami sogʻayganlar soni 2 900 nafardan oshdi.

Navoiy viloyatida 42 nafar, Toshkent shahridagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 5 nafar, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 2 nafar, jami 49 nafar bemor sogʻaydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Jumladan, Navoiyda tuzalganlarning 26 nafari erkak, 16 nafari ayol. Ularning yoshi kattasi 64 yoshda, yoshi kichigi 2019-yil tugʻilgan chaqaloq. Navoiyda endilikda sogʻayganlar 54 nafarga yetdi.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 2 nafari erkak, 3 nafari ayol boʻlib, yoshi kattasi 54 yoshda, yoshi kichigi 31 yoshda.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 1 nafari 63 yoshli, yana 1 nafari 33 yoshli erkak kishilardir.

Shunday qilib, Toshkent shahrida sogʻayganlar 1127 nafarga yetdi.

Ayni paytga qadar mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan jami sogʻayganlar soni 2 908 nafarga yetdi, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech