19 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21,6 °C

Xavfsizlik
6 Fevral  2019 1230

2 milliard 647 million so‘mlik noqonuniy saqlanayotgan tovarlar fosh etildi

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari qonunbuzarlar tomonidan bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish, bojxona to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlash holatlarini oldini olish bo‘yicha bir qator ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Xususan, bojxonachilar tomonidan Xitoydan kelgan va shahardagi omborlardan birida saqlanayotgan oyoq kiyim tagliklari nazoratdan o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

Tekshiruv vaqtida aniqlanishicha, hujjatlarda ko‘rsatilgan tovarlardan ortiqcha bo‘lgan va yashirin tarzda saqlanayotgan 2400 juft bolalar oyoq kiyimi, 57 525 juft ayollar shippagining tag qismi va 72 348 juft ayollar shippagining ustki qismi borligi aniqlandi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, noqonuniy saqlanayotgan tovarlarning umumiy qiymati 2 milliard 647 million so‘mni tashkil qiladi.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech