07 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +6,1 °C

Sport
20 Aprel  2019 1385

2 nafar dzyudochimiz yuqori probali medallar uchun kurash olib boradi

BAAning Fujayra shahrida dzyudo bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionatining birinchi kun doirasida saralash bahslari ortda qoldi. Quvonarlisi, kechki dasturda 2 nafar dzyudochimiz yuqori probali medallar uchun kurash olib borishadi, deb xabar bermoqda MOQ matbuot xizmati.

-52 kilogramm vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Diyora Keldiyorova Avstraliya, Janubiy Koreya, KXDR vakilalarini mag‘lub etib finalga yetib keldi. Hamyurtimiz oltin medal uchun mo‘g‘ilistonlik Sosorbaram Lxagvasuren bilan kurashadi.

-60 kilogramm vazn toifasida Sharofiddin Lutfillayev yarim finalda imkoniyatni boy bergan bo‘lsa-da, shohsupaga ko‘tarilish imkoniyatini saqlab qoldi. Vakilimiz bronza medali uchun kechadigan bahsda qozog‘istonlik Gusman Kirgizbayevga qarshi tatamiga chiqadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech