10 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +3,5 °C

Xavfsizlik
26 Fevral  2020 729

Boyovutda is gazidan 2 nafar fuqaro vafot etdi

Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida ikki kishi is gazidan zaharlanishi oqibatida vafot etdi.

Joriy yilning 26-fevral kuni soat 9:20da Sirdaryo viloyati Boyovut tumani Madaniyat MFYdagi uylarning birida xonadonga o‘rnatilgan «AGV» isitish pechidan is gazi sizib chiqqan.

Natijada 2 nafar fuqaro o‘sha joyda vafot etgan. Ularning biri 20 yoshda, ikkinchisi esa 16 yoshda bo‘lgan, deya xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati.

 «Hozirda holat bo‘yicha dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda», deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, aynan, Boyovut tumanida 2019-yilning noyabr oyida ham fuqarolarning is gazidan zaharlanishi holatlari kuzatilgan edi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech