14 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +4,9 °C

Xavfsizlik
3 Sentyabr  2019 522

Ko‘ylak orasiga yashirilgan 20 ming AQSh dollari baribir fosh bo‘ldi

Bojxona xodimlari naqd xorijiy valyutalarni mamlakatimizdan noqonuniy olib chiqilishi holatlariga o‘z vaqtida chek qo‘yishmoqda.

Jumladan, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi “Do‘stlik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan shu kabi qonunbuzarlik holati o‘z vaqtida aniqlandi, deb xabar beradi Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

Qo‘shni davlatga yo‘l olgan fuqaro O‘.M.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e'tiborini tortdi va uning qo‘l yuklari bojxona nazoratidan o‘tkazilganida ushbu shaxs qora rangli sumkasi ichidagi ko‘ylak orasiga 20 ming AQSh dollarini ustamonlik  bilan yashirgancha olib ketmoqchi bo‘lganligi aniqlandi.

Ammo uning bu nayrangi o‘ziga pand berdi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech