15 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21,9 °C

Salomatlik
30 May  2019 1380

2019/2020-o‘quv yilidan yangi tibbiy ta’lim yo‘nalishlari ochiladi

Prezidentimizning tegishli qaroriga asosan 2019/2020-o‘quv yilidan tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida klinik psixologiya, biotibbiyot muhandisligi, dori vositalarini standartlash, sertifikatlash va sifat menejmenti kabi bir qator yangi ta’lim yunalishlar ochiladi.

Shuningdek, endilikda tibbiyot kollejlarida ham o‘qitish muddalari  3 yildan 2 yilga qisqartirilib, feldsher-laboratoriya ishi, feldsherlik ishi va tibbiy-ijtimoiy ishi kabi yangi ta'lim yo‘nalishlarida malakali o‘rta tibbiyot kadrlar tayyorlanadi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan “Tibbiy ta'limdagi islohotlar — tibbiyot sohasining taraqqiyot mezonlaridan biri” mavzusidagi matbuot anjumanida aytib o‘tildi. 

Bundan tashqari, respublikamizning tibbiyot oliy ta'lim muassasasalari va filiallarida Rossiya, Germaniya, Koreya Respublikasi, Turkiya, Hindiston kabi xorijiy davlatlarning 20 dan ortiq bakalavriat, magistratura va klinik ordinatura mutaxassisliklari bo‘yicha qo‘shma dastur asosida xalqaro fakultetlar va yangi  o‘quv yilidan Rossiyaning  N.I. Priogova nomidagi Rossiya tibbiyot universiteti filialini tashkil etish rejalashtirilgan.

Anjumanda 2019 – 2022-yillarda Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti va tibbiyot oliy ta'lim muassasalarida bosqichma-bosqich o‘quv-simulyasion markazlar tashkil etish hamda 2020-yildan boshlab, har yili tibbiyot oliy ta'lim muassasalari talabalari va tibbiyot kollejlarining o‘quvchilari orasida klinik fanlar bo‘yicha Ibn Sino nomidagi xalqaro tibbiyot olimpiadalari, shuningdek, yosh olimlar orasida Ibn Sino nomidagi xalqaro ilmiy tanlovlar o‘tkazilishi yoshlar uchun katta imkoniyat bo‘lishi ta'kidlandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech