05 Dekabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -1,7 °C

Madaniyat
8 Aprel  2020 1737

An’analarimizga keng e’tibor

«Lazgi» xalqaro raqs festivalini o‘tkazish to‘g‘risidagi Prezident qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

O‘zbekiston Prezidentining «Lazgi» xalqaro raqs festivalini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida»gi qarori loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga joylashtirildi. Hujjat loyihasiga ko‘ra, «Lazgi» xalqaro raqs festivalini 2022-yildan e’tiboran an’anaviy tarzda har ikki yilda bir marta sentyabr oyining ikkinchi yarmida o‘tkazish rejalashtirilgan. Festival doirasida o‘tkaziladigan ko‘rik-tanlov g‘oliblari Tashkiliy qo‘mita tomonidan diplom, statuetka va pul mukofotlari hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishi ko‘zda tutilgan, deb xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.

Qaror loyihasining to‘liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: https://regulation.gov.uz/ru/document/16556

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech