18 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28 °C

Sport
4 Iyun  2019 817

2023-yilgi futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi musobaqasi Xitoyda o‘tkaziladi

Parijda Osiyo Futbol Konfederatsiyasining navbatdan tashqari kongressi o‘tkazilmoqda, deb xabar qiladi GoSport.uz internet nashri.

Unda 2023-yilga rejalashtirilgan Osiyo Kubogi musobaqasi mezboni aniqlandi. OFK tanloviga ko‘ra, qit'aning bosh turniri Xitoyda o‘tadigan bo‘ldi.

Qayd qilish joizki, Xitoy 2004-yilgi Osiyo Kubogiga ham mezbonlik qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilgi Osiyo Kubogiga BAA davlati mezbonlik qilgandi. Yanvar oyida o‘tkazilgan musobaqada Qatar terma jamoasi chempionlikni qo‘lga kiritgandi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech