20 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,8 °C

Xavfsizlik
13 Sentyabr  2019 362

205 million so‘mlik televizorlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan tovar-moddiy boyliklarni yashirin yo‘llar bilan olib kirilishiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazildi, deb xabar beradi qo‘mita matbuot xizmati.

Tadbir davomida, oldindan kuzatuvga olingan Yangiyo‘l tumanidagi oshxonalardan birining yonida to‘xtab turgan fuqaro T.F.ga tegishli “Isuzu” va fuqaro X.V.ga tegishli “Mersedes bens” rusumli avtomashinalar bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

Tekshiruv jarayonida avtomashinalarda tegishli hujjatlari bo‘lmagan 47 dona televizorlar borligi ma'lum bo‘ldi.

Shuningdek, Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanida istiqomat qiladigan fuqaro T.R.ning yashash xonadoni ham belgilangan tartibda tekshirildi.

Natijada, ushbu shaxsning xonadonida tegishli hujjatlari bo‘lmagan 67 dona televizorlar borligi ma'lum bo‘ldi.

Yuqoridagi tadbirlar natijasida umumiy qiymati 205,4 million so‘mlik 114 dona televizorlar ashyoviy dalil sifatida vaqtincha saqlovga olindi.

Mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech