16 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -2,2 °C

Xavfsizlik
19 Avgust  2019 612

216 million so‘mlik sifati kafolatlanmagan dori-darmonlar qo‘lga olindi

Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari Davlat xavfsizligi xizmati Namangan viloyati boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Namangan shahrida tezkor tadbir o‘tkazildi, deb xabar beradi Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

Tadbir davomida, fuqaro X.S. boshqaruvidagi “GAZ-2834” rusumli yuk avtomashinasi belgilangan tartibda Namangan shahri I.Karimov ko‘chasida to‘xtatilib xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Natijada, ushbu yuk mashinasida xorijda ishlab chiqarilgan, hyech qanday bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 216 million so‘mlik 5434 ta qadoqdagi dori-darmon vositalari  borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech