10 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,1 °C

Salomatlik
10 Iyul  2020 342

227 bemor sogʻaydi

Bugun yurtimizdagi turli tibbiyot muassasalarida 227 nafar bemor sogʻaydi.

Bundan avval poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 22 nafar bemor koronavirus infeksiyasidan tuzalgani haqida xabar bergan edik.

Shu soatlarda esa poytaxtimizdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 18 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasining koʻp tarmoqli klinikasida 56 nafar, Nuroniylar sihatgohida 107 nafar, Samarqand viloyatida 15 nafar, Namangan viloyatida 5 nafar, Buxoro viloyatida 4 nafar, jami 205 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sogʻaydi.

Shunday qilib, ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida COVID-19dan tuzalganlar soni 4 652 nafarni tashkil qiladi.

Samarqand viloyatida koronavirus infeksiyasidan forigʻ boʻlganlar soni 464 nafarga, Namangan viloyatida – 298 nafarga, Buxoro viloyatida – 518 nafarga yetdi.

Hozirda mamlakatimiz boʻylab sogʻayganlar soni 7 287 nafarni tashkil etadi, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech