30 Mart 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +9,8 °C

Voqea-hodisalar
4 Yanvar  2020 937

23 yoshli futbolchi YTHda halok bo‘ldi

Fransiyaning «Gengama» klubi futbolchisi Natael Julan yo‘l-transport hodisasida halok bo‘ldi, deya xabar tarqatadi lenta.ru.

Avtohalokat La-Mansh sohilida sodir bo‘lgan. 23 yoshli sportchi o‘zining «Audi Q5» mashinasida mashg‘ulotlardan qaytayotganda uni boshqara olmay, trassadan chiqib ketgan. «L’Equipe» tarqatgan ma’lumotga qaraganda, mashinada futbolchining yolg‘iz o‘zi bo‘lgan. Avtohalokatning yuzaga kelishi sabablari esa hozircha noma’lum.

O‘tgan yil iyun oyida ham avtohalokat oqibatida Ispaniyaning «Real» klubi va terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Xose Antonio Reyes halok bo‘lgandi. Sportchi boshqaruvidagi mashina yo‘ldan chiqib dumalagan va yonib ketgan. Salonda futbolchidan tashqari yana ikki yo‘lovchi bo‘lgan va ulardan biri ham vafot etgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech