19 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,3 °C

Xavfsizlik
31 May  2019 734

237 million so‘mlikdan ziyod qalbaki dori vositalari qo‘lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Pop tumani bo‘limi tomonidan DXX va tuman IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda qalbaki dori vositalari qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda bosh prokuratura matbuot xizmati.

“Namangan-Sherobod” YPX nazorat maskanida fuqaro A.I.ning boshqaruvida bo‘lgan “Kobalt” rusumli avtomashina to‘xtatilganida, uning yukxonasida fuqaro A.S.ga tegishli 1.200 kassetada 300 mg.lik umumiy qiymati 237,8 mln. so‘mlik qalbaki “REGAPEN” nomli dori vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan A.I., A.S. va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech