07 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15 °C

Xavfsizlik
24 Mart  2020 750

24-martdan boshlab kuchaytirilgan tartib-koyida joriy etiladi

Oʻzbekiston Respublikasi hududida 2020-yil 24-mart soat 00.01 dan boshlab koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy etiladi. Unga muvofiq:

Koronavirus infeksiyasi asosan Toshkent shahri hududida aniqlanganligini inobatga olib va ushbu infeksiya respublikaning boshqa hududlariga tarqalishining oldini olish maqsadida boshqa hududlardan Toshkent shahriga kirish (avtobus, mikroavtobus, yengil avtotransport, aviaqatnovlar va temir yoʻl transporti vositalari orqali) toʻxtatiladi.

Toshkent shahrida doimiy roʻyxatdan oʻtgan shaxslar, shuningdek, Toshkent viloyatida doimiy roʻyxatdan oʻtgan holda Toshkent shahrida mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirayotgan davlat organlari va muassasalari (nodavlat tashkilotlarida – ish beruvchi tomonidan taqdim etiladigan tegishli ruxsatnoma asosida) xodimlari hamda yuk tashish bilan bogʻliq hollarda Toshkent shahriga kirish va chiqishga ruxsat beriladi.

Toshkent shahriga kiruvchi va chiquvchi shaxslarda koronavirus infeksiyasi alomatlarini aniqlash boʻyicha majburiy tibbiy nazorat oʻrnatiladi.

Birinchi bosqichda Toshkent shahrida, keyinchalik bosqichma-bosqich Nukus shahri, viloyat va tuman markazlarida joylashgan barcha yirik dehqon bozorlari va savdo majmualari (supermarket, gipermarket va boshqalar) kirish-chiqish joylarini tegishli mutaxassislar bilan taʼminlagan holda teplovizorlar va antiseptik vositalar bilan jihozlanadi.

Respublika hududiga xorijiy davlatlardan, shuningdek, Toshkent shahriga boshqa hududlardan kirib kelayotgan barcha transport vositalari, tovar va yuklarning majburiy ravishda dezinfeksiya qilinishi taʼminlanadi.

Davlat idoralari va tashkilotlarida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari vakillarini qabul qilish hamda ularga davlat va boshqa xizmatlarni koʻrsatish imkon qadar “onlayn” rejimga oʻtkaziladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech