15 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20 °C

Mamlakatimizda
10 May  2019 924

24 nafar tadbirkorning 2,1 trln.so‘mlik loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha qarorlar topshirildi

Toshkent shahar hokimligida har chorshanba kuni o‘tkazilayotgan “Investor kuni” poytaxtimiz istiqboliga xizmat qiladigan loyihalarni ko‘rib chiqish va amalga oshirishga yo‘l ochmoqda.

8-may kuni bo‘lib o‘tgan tadbirda 46 nafar tadbirkor sanoat korxonalarini ochish, yangi turar joy va xizmat ko‘rsatish muassasalarini barpo etishga oid loyihalari bilan ishtirok etdi, deb xabar bermoqda hokimlik matbuot xizmati.

Tadbir yakunlari bo‘yicha 24 nafar tadbirkorning umumiy qiymati 2,1 trln.so‘mlik loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha Toshkent shahar hokimining qarorlari topshirildi. Shundan 88,5 mln. AQSh dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoyadir.

Shuningdek, tadbirda umumiy qiymati 375,3 mlrd.so‘m bo‘lgan 22 ta loyihalar yuzasidan vakolatli tashkilotlar bilan kelishuv jarayoni bo‘lib o‘tdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech