10 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +10,6 °C

Mamlakatimizda
18 Iyul  2019 882

243 million so‘m qarzdor deyilgan fuqaroning 215 ming so‘m oldindan to‘lovi bor ekan

Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasiga kelib tushgan ba'zi murojaatlarni kuzatib, shunday bo‘lishi ham mumkinmi, degan savol qiynaydi. Sababi ba'zi bir asossiz qarzdorliklar ishonib bo‘lmas darajada qo‘yiladiki, inson behos hayratdan “yoqa ushlaydi”.

Ana shunday holatlardan biri Jizzax viloyatida kuzatildi. Jizzax shahar “Zilol” mahallasida yashovchi Sevara Abdullaeva xonadoniga elektr energiyasi uchun o‘z-o‘zidan 243 million 847 ming so‘m qarzdolik yozilgan, deya ma'lum qiladi Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi matbuot xizmati.

Federatsiyaga murojaat qilgan Sevara Abdullaeva uning nomiga yozilgan bu qarzdorlik umuman yolg‘on ekanligini, xolatga aniqlik kiritishni so‘ragan. Mutasaddilar barcha hujjatlarni o‘rganib, qayta hisob-kitob qilar ekan, ushbu qarzdorlik noreal deb topildi. Eng qizig‘i S. Abdullaeva elektr energiyasi uchun oldindan salkam 215 ming so‘m ortig‘i bilan to‘lov qilgan ekan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech