16 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,2 °C

Xavfsizlik
23 May  2019 787

2,5 asrlik madaniy boylik yashirincha olib chiqilayotganda to‘xtatib qolindi

Bojxonachilar milliy madaniyatimiz va boy tariximizning qadimiy asori-atiqalarini yurtimizdan noqonuniy olib chiqib ketilishining oldini olishmoqda.

Kuni kecha Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi “Buxoro aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan “Buxoro-Moskva” yo‘nalishidagi aviareys bilan uchib ketayotgan fuqaro H.A. o‘zi bilan 1750-yilda zarb etilgan qadimiy tangani olib ketishga uringan chog‘ida to‘xtatib qolindi, deb xabar bermoqda Davlat bojxona qo‘mitasi.

Hozirda ashyoviy dalil sifatida vaqtincha saqlovga olingan qadimiy tanga Buxoro davlat badiiy me'morchilik muzey qo‘riqxonasi tasarrufiga topshirildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech