20 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +19,2 °C

Xavfsizlik
8 Avgust  2019 380

Traktorni uskuna deb 26 mln. so‘mlik bojxona to‘lovlaridan qochmoqchi bo‘lishdi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan aniqlangan navbatdagi bojxona qoidabuzarlik holatida tovarlar nomenklaturasidagi kodlarning noto‘g‘ri qo‘llanilganligi fosh bo‘ldi, deb xabar beradi Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

Respublikamizdagi MChJlardan birining nomiga qiymati 28,3 ming AQSh dollarini tashkil qiluvchi kichik traktor keltiriladi. Uning bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida esa yuk egalari bojxona xodimlariga boshqa ma'lumotlarni taqdim qilishadi.

Ya'ni, hujjatlarda tovarning kodini o‘zgartirib, go‘yoki traktor emas, uskuna keltirilganligi qayd etiladi. Shu zaylda ustomonlar 26 mln. so‘mlik bojxona to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlashgan.

Ushbu qing‘ir reja “Nukus” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan o‘z vaqtida fosh qilindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech