30 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,4 °C

Energetika
19 May  2020 472

270 million kub-metr gaz tejaladi

 «Sirdaryo» issiqlik elektr stansiyasida modernizatsiya ishlari boshlangan.

 

Rossiyaning «Silovыye mashinы» OAJ kompaniyasi tomonidan «Sirdaryo» issiqlik elektr stansiyasi beshinchi va oltinchi energobloklarining modernizatsiya ishlari boshlangan. Modernizatsiya ishlari uch bosqichda amalga oshiriladi.

Modernizatsiya hisobiga energobloklarning samaradorligi oshadi, har bir energoblokning oʻrnatilgan quvvati 325 MVt ga yetkaziladi, 1 kVt/s uchun shartli yoqilgʻi sarfi 40 grammga kamayadi. Natijada yiliga 270 million m3 tabiiy gaz tejashga erishiladi.

Ma’lumot uchun: 2019-yilda uchinchi va toʻrtinchi energobloklarda modernizatsiya ishlari muvaffaqiyatli amalga oshirilgan. Bu esa ikkita energoblokning o‘rnatilgan quvvatini 650 MVtga yetkazishga olib keldi. Mazkur energobloklarning yillik elektr energiya ishlab chiqarishi amalda 3,0 dan 3,7 milliard kVt/soatgacha oshirildi, shartli yoqilgʻi sarfi 40 grammga qisqargan.

«Silovыye mashinы» OAJning ishchi guruh rahbari Aleksey Terentyevning soʻzlariga qaraganda, ikkita energoblokning modernizatsiya ishlari mart oyida boshlangan, hamda noyabr oyida toʻliq yakunlanadi va energobloklar toʻla quvvatga chiqariladi, deb xabar beradi «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech