27 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +10,1 °C

Mamlakatimizda
10 Iyul  2020 3390

3 700 dan ortiq Oʻzbekiston fuqarolari Qozogʻiston-Oʻzbekiston chegarasini kesib oʻtdi

Avval xabar qilinganidek, shu yil 1-iyuldan 7-iyulgacha boʻlgan muddatda “Jibek joli” — “Gʻisht-Koʻprik” nazorat-oʻtkazish punkti orqali 2 700 nafardan ortiq hamyurtlarimiz Oʻzbekistonga qaytgan. Biroq yuzaga kelgan texnik muammolar tufayli Qozogʻiston-Oʻzbekiston chegarasidan yurtdoshlarimizni oʻtkazish cheklangan miqdorda amalga oshirildi. Oqibatda bu holat chegarada 3 000 ga yaqin Oʻzbekiston fuqarolari toʻplanib qolishiga sabab boʻldi.

Respublika maxsus komissiyasi, DXX Chegara qoʻshinlari va Oʻzbekistonning Qozogʻistondagi diplomatik vakolatxonalarining birgalikdagi saʼy-harakatlari natijasida 8-iyulda fuqarolarimizning Qozogʻiston-Oʻzbekiston chegarasidan erkin oʻtishiga toʻsqinlik qiluvchi barcha texnik va tashkiliy masalalar tezkorlik bilan hal qilindi.

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Operativ shtabi maʼlumotlariga koʻra, 2020-yil 8-iyul kechqurun va 9-iyul kuni “Jibek joli” – “Gʻisht-Koʻprik” nazorat-oʻtkazish punktidan 3 746 nafar fuqarolarimiz oʻtkazildi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Hozirgi paytda davlatlararo chegarani kesib oʻtishda muammolar yoʻq, nazorat-oʻtkazish punktlari odatdagidek ishlamoqda, fuqarolarning toʻplanib qolishi kuzatilmayapti.

Shuningdek xabarda Oʻzbekiston fuqarolari qaytib kelgandan keyin Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan talablarga qatʼiy rioya qilgan holda 14 kunlik karantinga joylashtirilishi eslatib oʻtilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech