19 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22 °C

Mamlakatimizda
4 Aprel  2019 1073

3 nafar tadbirkorga jami 400 million so‘mlik kredit ajratiladigan bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 29-30-mart kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi davomida bergan topshiriqlari asosida Prezidentning Buxoro viloyatidagi Xalq qabulxonasi bilan hamkorlikda  joriy yilning 2-3-aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi rahbariyati Buxoro viloyatida sayyor qabul o‘tkazdi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

 

2-aprel kuni Jondor tumani musiqa va san'at maktabi binosida o‘tkazilgan sayyor qabulning ilk kunida 312 nafar fuqarolar uchrashuvda ishtirok etdi, ulardan jami 245 ta ariza qabul qilindi.

Kelib tushgan murojaatlarning 37 tasi joyida hal etildi, xususan 14 nafar fuqarolar ishga joylashtirildi, 13 nafar fuqaroga davolanish uchun yo‘llanma berildi, 2 nafar fuqaroning uy-joy masalasiga oid arizasi qanoatlantirildi, 1 nafar fuqaroga yer ajratildi, 3 nafar tadbirkorga jami 400 mln so‘mlik kredit ajratildi, 1 nafar tadbirkorning faoliyatidagi muammosi ijobiy hal etildi.

Qolgan 208 ta murojaatlar alohida nazoratga olindi.

Qabul qilingan murojaatlarning 64 tasi sud qarorlari bo‘yicha (ma'muriy – 7 ta, iqtisodiy – 3, fuqarolik – 19, jinoyat – 35), 23 tasi surishtiruv va tergov masalalari yuzasidan, 146 ta ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha kelib tushdi.

3-aprel kuni Kogon shahar hokimligi binosida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulning ikkinchi kunida 697 nafar fuqaro uchrashuvda ishtirok etdi, ulardan jami 450 ta ariza qabul qilindi.

Kelib tushgan murojaatlarning 41 tasi joyida hal etildi, xususan 12 nafar fuqarolar ishga joylashtirildi, 7 nafar fuqaroga davolanish uchun yo‘llanma berildi, 1 nafar fuqaroning uy-joy masalasiga oid arizasi qanoatlantirildi, 8 nafar tadbirkorga jami 670 mln so‘mlik kredit ajratildi, 5 nafar fuqaroga moddiy yordam va nafaqa tayinlandi.

Qolgan 409 ta murojaatlar alohida nazoratga olindi.

Qabul qilingan murojaatlarning 122 tasi sud qarorlari bo‘yicha (ma'muriy – 7 ta, iqtisodiy – 11, fuqarolik – 24, jinoyat ishlari – 80), 63 tasi surishtiruv va tergov masalalari yuzasidan, 244 ta ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha kelib tushdi.

Buxoro viloyatida o‘tkazilgan ikki kunlik sayyor qabul davomida jami 1009 nafar fuqarolar qabul qilindi, ulardan 695 nafari ariza bilan murojaat qildi. Kelib tushgan murojaatlarning 78 tasi joyida hal etildi, qolgan 617 ta murojaatlar alohida nazoratga olindi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech