27 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +32,3 °C

Salomatlik
18 May  2020 290

3 yoshli egizaklar ham tuzaldi

Toshkent shahrida yana 39 nafar bemor tuzaldi, ular orasida 3 yoshli egizaklar ham bor.

Bugun poytaxtimizdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 39 nafar bemor butunlay sogʻayib chiqdi.

Bemorlar orasida eng yoshi kattasi 66 yoshda boʻlsa, eng yoshi kichigi 3 yoshli egizaklardir.

Toshkent shahrida shu paytga qadar sogʻayganlar soni 772 nafarga yetdi.

Shunday qilib, yurtimizda bugunning oʻzida 67 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Ayni paytga qadar mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sogʻayganlar soni 2 314 nafarni tashkil qilmoqda, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech