19 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,6 °C

Voqea-hodisalar
23 Sentyabr  2019 408

30-sentabrda Xitoydagi eng qadimiy aeroport yopiladi

30-sentabrda Xitoyning birinchi aeroporti, Pekindagi «Nanyuan» fuqaro aviatsiyasi samolyotlariga xizmat ko‘rsatishdan to‘xtaydi. Negaki, bu yerda yangi, dunyodagi eng yirik xalqaro aeroportlardan biri «Dasin» aviayo‘lovchilarga xizmat ko‘rsata boshlaydi, deya xabar beradi «Chjungo jibao» gazetasi.

«Nanyuan» aeroporti 1910-yilda qurilgan. 1913-yilning avgustida bu yerda birinchi uchuvchilar bilim yurti va keyinchalik aviatsiya zavodi ochilgan. Boshida «Nanyuan»dan harbiy aerodrom sifatida foydalanishgan, biroq vaqt o‘tib, u fuqaro aviatsiyasiga ham xizmat ko‘rsata boshlagan. Shu paytga qadar ham harbiy, ham fuqarolik aviatsiyasiga xizmat ko‘rsatib kelgan. «Nanyuan»dan faqatgina China United Airlines aviakompaniyasi foydalangan. 30-sentabrdan boshlab, kompaniya «Dasin» aeroportidan foydalana boshlaydi.

Pekindagi dunyoning eng yirik, o‘ta murakkab muhandislik yechimiga ega «Dasin» xalqaro aeroporti qurilishi 30-iyun kuni yakunlandi. 1 million kvadrat metr maydonga ega va «Oltin qaqnus» shaklidagi yagona terminalli aeroportni ishga tushirish 30-sentabr – XXR tashkil etilganining 70-yilligi arafasiga rejalashtirilgan.

Aeroport Pekin janubida, shahar markazidan 46 kilometr masofada joylashgan, to‘rtta uchish-qo‘nish yo‘lagiga ega va yiliga 620 ming reysni qabul qilishi mumkin. Uning tomi allaqachon dunyodagi eng yirik aeroport terminalining po‘lat tomi, deya tan olingan va uning maydoni 25 standart futbol maydoniga teng.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech