13 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33 °C

Ta'lim
16 Iyul  2020 419

4 000 dan ortiq bitiruvchi eksternat tartibida attestatsiyadan oʻtdi

Eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyalaridan muvaffaqiyatli oʻtgan fuqarolarga oliy taʼlim muassasalariga hujjat topshirishga imkoniyatlari yaratildi.

Mamlakatimiz taʼlim tizimi turli sabablarga koʻra oʻz vaqtida umumiy oʻrta taʼlim olish imkoniyatiga ega boʻlmagan, yaʼni maktabni toʻliq tamomlay olmagan fuqarolarga eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyalarni topshirish tizimi yaratilgan.

Pandemiya sharoitida oliy taʼlim muassasalariga qabul uchun roʻyxatdan oʻtish jarayonlarining yakunlanishiga qadar eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyalarini oʻtkazib, attestatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtgan talabgorlarga belgilangan tartibda davlat namunasidagi hujjat (shahodatnoma, attestat) berilishi taʼminlandi.

Bu yil eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyalarini topshirish uchun 5 074 nafar fuqarolar murojaat etgan.

Shuningdek, respublikada koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida karantin cheklovlari oʻrnatilganligi sababli eksternat tartibida yakuniy attestatsiya boshlanguniga qadar (2020-yil 15-iyun) belgilangan muddatda hujjat topshirishga ulgurmagan 278 nafar fuqarolarga qoʻshimcha ravishda eksternat tartibida yakuniy attestatsiyalarni topshirishga ruxsat berildi.

2020-yil 15-iyundan 30-iyunga qadar har bir hududda eksternat tartibida yakuniy attestatsiya oʻtkazish huquqi berilgan maktablarda yakuniy davlat attestatsiyalari oʻtkazildi.

“Bu yil eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyalaridan muvaffaqiyatli oʻtib, menga 11 yillik umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida attestat berilganligidan mamnunman. Hujjatlarimni oliy oʻquv yurtiga xam topshirishga ulgurdim”, — deydi Fargʻona viloyatidan eksternat tartibida yakuniy attestatsiyadan oʻtgan bitiruvchi Mohidil Djumaboyeva.

Eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyalardan muvaffaqiyatli oʻtgan 444 nafar bitiruvchilarga 9 yillik umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida shahodatnoma hamda 3 600dan ziyod bitiruvchilarga 11-sinf hajmida davlat namunasidagi umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida attestat blankalari berildi. Bu bilan ularga oliy taʼlim muassasalariga hujjat topshirish yoki bandligini taʼminlash imkoniyatlari yaratildi, deb xabar beradi xalq taʼlimi vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech