19 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22 °C

Transport
3 Iyun  2019 852

4-7-iyun kunlari Toshkentda Temir yo‘l Hamkorlik tashkiloti Vazirlar kengashining 47-sessiyasi bo‘lib o‘tadi

Unda xalqaro tashkilotga a’zo bo‘lgan 27 ta davlat transport vazirlari hamda temir yo‘l rahbarlari ishtirok etadi. Shuningdek, tadbirda xalqaro temir yo‘l tashish hukumatlararo tashkiloti, xalqaro transport federatsiyasi, xalqaro temir yo‘l transporti qo‘mitasi, BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasining ichki transport qo‘mitasi kabi bir qator nufuzli tashkilotlar vakillari qatnashadi.

Ushbu tadbirning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – Transport vaziri Achilboy Ramatov ishtirok etadi va nutq so‘zlaydi, deb xabar bermoqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati. 

Sessiyada yig‘ilish ishtirokchilariga Temir yo‘l Hamkorlik tashkilotining 2018-yilgi faoliyati, tashkilot komissiyasining transport siyosati va rivojlanish strategiyasi bo‘yicha olib borilgan ishlar xususida  ma’lumotlar taqdim etiladi. 2020-yilgi belgilangan loyihalar rejasi ham ishlab chiqiladi. Shuningdek, 3 kun davomida davlatlararo tashuvlarning hozirgi holati, hamkorlikda yirik loyihalarni amalga oshirish, sohaga yangi innovatsion texnologiyalarni jalb qilish, yangi tranzit yo‘laklarni joriy etish, tarif siyosati yo‘nalishlarida muzokaralar olib boriladi. 

E’tiborlisi, anjumanda Temir yo‘l Hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasida transport vazirlari va temir yo‘l rahbarlarining rasmiy uchrashuvlari ham bo‘lib o‘tadi. 

Ma’lumot uchun: Temir yo‘l Hamkorlik tashkiloti 1956-yil tashkil etilgan bo‘lib, unga 29 ta davlat a’zo hisoblanadi. Dastlabki Temir yo‘l Hamkorlik tashkiloti Vazirlar kengashining I sessiyasi 1956-yil Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida bo‘lib o‘tgan. 2018-yil Vazirlar kengashining XLVI sessiyasi Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida o‘tkazilgan. 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech