10 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,1 °C

Salomatlik
15 Iyul  2020 488

4 bemor, jumladan bir oiladan ikki kishi vafot etdi

Bugun koronavirusga chalingan 56 yoshdan 68 yoshgacha boʻlgan 4 nafar bemor yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida yashovchi, 56 yoshli erkak joriy yil 5-iyul kunidan 10-iyulgacha tana harorati koʻtarilib, holsizlik kuzatilgan.

11-iyul kuni esa tana harorati tushmay, holsizlik va yoʻtal kuchayganligi hamda nafas yetishmovchiligi belgilari paydo boʻlganligi sababli COVID-19 infeksiyasiga namuna topshirgan va kasallik tasdiqlangan.

Bemor ogʻir ahvolda viloyat Ftiziatriya va pulmonologiya markazi reanimatsiya boʻlimiga yotqizilgan. Unga COVID-19 infeksiyasi oʻta ogʻir kechishi tashxisi qoʻyilgan. Kasallik ikki tomonlama pnevmoniya ogʻir kechishi, nafas yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Xuddi shunday, poytaxtimizning Shayxontohur tumanida yashovchi, 61 yoshli erkak 10 kun davomida tana haroratining koʻtarilishi, bosh ogʻrigʻi, holsizlik, yoʻtal, hansirash belgilari bilan uyida davolangan. Ammo davo muolajalari natija bermagandan soʻng COVID-19 infeksiyasiga namuna topshirgan va kasallik tasdiqlangan.

Joriy yil 13-iyul kuni bemor oʻta ogʻir ahvolda Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasi reanimatsiya boʻlimiga yotqizilgan.

Unga COVID-19 infeksiyasi oʻta ogʻir kechishi tashxisi qoʻyilgan. Kasallik ikki tomonlama bronxopnevmoniya, nafas yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Shuningdek, u qandli diabet, yurak ishemik kasalliggi, zoʻriqish stenokardiyasi, gipertoniya kabi hamroh xastaliklar bilan ham ogʻrigan.

Olmazor tumanida yashovchi 68 yoshli erkak va uning 67 yoshli turmush oʻrtogʻi tana harorati 38 S gacha koʻtarilishi, umumiy holsizlik sababli joriy yilning 5-iyul kuni tez tibbiy yordam mashinasida Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib borilgan. Bemorlardan COVID-19 infeksiyasiga namuna olingan va kasallik tasdiqlangan.

Ularga ixtisoslashgan tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida shahar 1-sonli klinik shifoxonasiga olib kelinib, reanimatsiya boʻlimiga yotqizilgan. Har ikki bemorda oʻtkir nafas yetishmovchiligi kuzatilgani sababli sunʼiy nafas olish apparatiga olingan. Ularga COVID-19 infeksiyasi ogʻir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya, oʻtkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi tashxisi qoʻyilgan.

Shuningdek, yurak ishemik kasalligi, stenokardiyasi, gipertoniya arterial gipertenziya kabi hamroh kasalliklar bilan ham ogʻrigan.

Shifoxonada bemorlarning davolanishi davomida tibbiyot xodimlari tomonidan konsiliumlar oʻtkazilgan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida oʻtkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorlarning ahvoli keskin ogʻirlashib, surunkali jigar va buyrak, oʻtkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech