18 Yanvar 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +1,4 °C

Xavfsizlik
11 Yanvar  2020 527

Sotuvchiga hamla uchun to‘rt yil qamoq jazosi

2019-yil 22-avgust, soat taxminan 13-00 da 20 yoshli Said Ya. Marg‘ilon shahri savdo do‘konlarining birida mobil telefon apparatlari sotuvchisini haqoratlay boshladi.

U xaridorlar ko‘z o‘ngida sotuvchiga o‘tkir tig‘li jism bilan tan jarohati yetkazib, hodisa joyidan g‘oyib bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV qoshidagi Tergov departamenti axborot xizmatining xabar berishicha, Said Ya. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasiga (bezorilik niyatida qasdan og‘ir tan jarohati yetkazish) asosan ayblov e’lon qilingan, hamda “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Marg‘ilon shahar sudi hujum qilgan shaxsni aybdor deb topdi va unga nisbatan to‘rt yil muddatga qamoq jazosi belgiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech