27 Noyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +6,6 °C

Salomatlik
23 May  2020 724

40 nafar sogʻayganlarning biri 80 yashar onaxon

Toshkentda 33 nafar, Namanganda 7 nafar bemor tuzalib, yurtimizda jami sogʻayganlar 2 532 nafarga yetdi.

Poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 17 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 16 nafar, jami 33 nafar bemor butunlay sogʻaydi.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan sogʻayganlarning 10 nafari erkak, 7 nafari ayollardir. Ular orasida eng yoshi kattasi 61 yoshda boʻlsa, eng yoshi kichigi 5 yoshda.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida sogʻayganlarning 12 nafari erkak, 4 nafari ayollardir. Ular orasida eng yoshi kattasi 63 yoshda boʻlsa, eng yoshi kichigi 2019-yilda tugʻilgan.

Toshkent shahrida shu paytga qadar 906 nafar bemor sogʻaygan.

Namanganda tuzalganlarning 2 nafari erkak, 5 nafari ayol boʻlib, eng yoshi kattasi 80 yoshli onaxon boʻlsa, eng yoshi kichigi 14 yoshda.

Namanganda hozirga qadar sogʻayganlar 240 nafar, davolanayotganlar 9 nafarni tashkil etadi.

Shunday qilib, bugun 40 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz boʻylab butunlay sogʻayganlar 2 532 nafarga yetdi.

Eslatib oʻtamiz, ayni paytda yurtimizda koronavirus aniqlangan bemorlar soni 3 089 nafarni tashkil qilib, sogʻaygan va vafot etganlardan tashqari, mamlakatimizning 7 ta hududida jami 544 nafar bemor davolanyapti, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech