22 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +5,1 °C

Energetika
23 Oktyabr  2019 783

Andijondagi korxonada 402 mln. so‘mlik elektr energiyasi noqonuniy ishlatilgan

Amalga oshirilayotgan targ‘ibot va tashviqotlar, ko‘plab ogohlantirishlar hamda belgilangan tartibda choralar ko‘rilganiga qaramay, “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari”ga rioya qilmaslik holatlari davom etmoqda.

“O‘zenergoinspeksiya” xodimlari tomonidan Majburiy ijro byurosi xodimlari bilan birgalikda o‘tkazilgan tadbir davomida ayrim tadbirkorlarning “uddaburon”lik sirlari fosh bo‘lib qoldi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar qiladi.

Andijon viloyati Jalaquduq tumanidagi toshlarni qayta ishlovchi “Gold Road-2019” MChJ ga  qarashli sex Xo‘jaobod TETK tasarrufidagi  tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulanib, noqonuniy faoliyat ko‘rsatib kelganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan o‘rnatilgan tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilib, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari”ga asosan 402 476 281 so‘m hisobga olinmagan elektr energiyasi miqdori hisoblandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech