19 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21,6 °C

Xavfsizlik
13 Fevral  2019 1255

470 million so‘mlik noqonuniy olib kirilgan televizorlar fosh etildi

Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tovar-moddiy boyliklarining yurtimizga noqonuniy olib kirilishiga doir navbatdagi bojxona qoidabuzarligini fosh etishdi, deb xabar bermoqda Davlat bojxona qo‘mitasi.

Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida “Nanay-Namangan” yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro J.Yo boshqaruvidagi “ZIL-130” rusumli yuk avtomashinasi tekshirilganda avtomashina yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan, hech qanday hujjatlari bo‘lmagan 70 dona televizorlar, 250 dona televizor pultlari, 185 dona televizorlar uchun platalar hamda 2 dona domofon moddiy-tovar boyliklari borligi aniqlandi.

Shuningdek, olingan ma’lumotlarga asosan fuqaro N.Sh.ning xonadoni ham ko‘zdan kechirilganda, uning uyida 4 dona 55 dyuymli televizorlar borligi aniqlandi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, yuqoridagi tovarlarning umumiy qiymati 470 million so‘mni tashkil qilgan. Ushbu holatlar bo‘yicha bojxona tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.   

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech