
Kеyingi avlod
12
Iyul 2019
711
4990 nafar o‘quvchi oltin va kumush medal bilan taqdirlandi
2018-2019-o‘quv yili natijasiga ko‘ra respublika umumiy o‘rta ta'lim maktablarining jami 4990 nafar o‘quvchilari oltin va kumush medal bilan taqdirlandi. Shundan 2524 nafar o‘quvchi oltin, 2466 nafari esa kumush medallarni qo‘lga kiritdi, deb xabar qiladi Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati.
2018-2019-o‘quv yilida 9691 maktabda jami 5,8 million nafar o‘quvchi ta'lim oldi. Ulardan 279,78 ming nafar o‘quvchilar 11-sinfni bitirdi.
Eslatib o‘tamiz, oltin va kumush medal sohiblariga oliy ta'lim muassasalariga kirishda hech qanday imtiyoz berilmaydi.