14 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +0,1 °C

Transport
19 Avgust  2019 694

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga 5 ta zamonaviy elektrovoz keltiriladi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning lokomotiv parki joriy yil oxiriga qadar 3 ta, 2020-yilning birinchi choragida yana 2 ta 3ES5K elektrovozlari bilan to‘ldiriladi, deb xabar beradi jamiyat matbuot xizmati.

 

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga investitsiyaviy loyihalar dasturiga ko‘ra, joriy yil boshida Rossiya davlatidan 2 dona 3ES5K rusumli yangi elektrovozlar keltirilgan edi. Ish faoliyati davomida mazkur elektrovoz mutaxassislar tomonidan  muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi. Shu bois asosan yuk tortish uchun mo‘ljallangan lokomotivdan yana 5 ta olib kelish bo‘yicha shartnoma imzolangan.

Ma'lumot uchun: Zamonaviy yuk elektrovozi 1520 mm temir yo‘llarda yurish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 3 ta seksiyadan iborat. Har bir seksiyada 4 ta g‘ildirak juftligi o‘rnatilgan. Elektrovozning tortish kuchi soatiga 9840 kVt tashkil etgan bo‘lsa, Xitoydan keltirilgan 1 ta seksiyali “O‘zbekiston” elektrovozining tortish kuchi soatiga 6000 kVt edi. Ko‘rinib turibdiki, mazkur lokomotiv boshqalarga nisbatan juda katta kuchga ega. Shuningdek, bir soatlik minimal yurish tezligi 49,9 km/s ni tashkil etadi. Eng yuqori yurish tezligi 110 km/s. Elektrovoz qishning izg‘irin sovug‘ida ham, yozning jaziramasida ham yurishga mo‘ljallangan. Lokomotiv kabinasi to‘liq kompyuterlashtirilgan bo‘lib, mashinist uchun barcha qulayliklar yaratilgan. 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech