17 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,2 °C

Urbanizatsiya
29 Avgust  2019 414

Toshkentda balandligi 266,5 metr bo‘lgan 51 qavatli osmono‘par bino quriladi

Murad buildings va O`zguven tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida ma'lum qilinishicha, 2019-yilning 14-sentabridan “Tashkent city” hududida “Nest one” nomli O‘zbekistondagi eng baland va ko‘p funksiyali bino qurilishi boshlanadi.

Ushbu inshootda  turar joylar, ofislar, restoranlar, konferensiya zallari, ko‘ngilochar maskanlar, kinoteatr, basseyn, kutubxona, kovorking markazi va sport xonalari bo‘ladi. “Shahar bo‘ylab maydoni 3000 kv.metrli xonadonlar”  degan yozuvli bilbordlarni ko‘pchilik ko‘rgani aniq. Mazkur binoda ayni shunday xonadonlar bo‘ladi.

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, inshoot uchun 1,5 gektar hudud ajratilgan va qurilish ishlari 2021-yilning dekabriga yakunlanishi rejalashtirilgan. Bunyodkorlarning so‘zlariga ko‘ra, binoda 5 yulduzli mehmonxona darajasidagi qulayliklar yaratiladi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech