13 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34,5 °C

Salomatlik
29 Iyun  2020 290

52 yoshli shifokor infarktdan vafot etdi

Mamlakatimizda koronavirusga chalingan shifokor miokard infarktidan vafot etdi.

Poytaxtimizdagi Yakkasaroy tuman tibbiyot birlashmasining 52 yoshli shifokori shu yil 14-iyundan Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi karantin markazidagi fuqarolarga tibbiy xizmat koʻrsatish maqsadida faoliyat koʻrsata boshlagan.

23-iyunda bemorning ahvoli ogʻirlashib, dastlab Zangiota tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasiga, soʻng esa Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga oʻtkir miokard infarkti tashxisi bilan yotqizilgan.

26-iyunda esa yurak, nafas va oʻpka yetishmovchiligi kuzatilib, ahvoli ogʻirlashganligi uchun reanimatsiya boʻlimiga olingan. Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli mamlakatimizdagi shu sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarining mutaxassislari tomonidan bir necha bor konsiliumlar oʻtkazilib, nazoratga olingan.

Biroq kardiolog, pulmonolog, terapevt, virusolog, reanimatologlarning standartlar asosida oʻtkazgan reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor miokard infarkti, oʻtkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech