20 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,6 °C

Ijtimoiy hayot
1 Avgust  2019 581

Rishtonda 535 kishi jamoatchilik asosida ish bilan ta'minlandi

Xabaringiz bor “Obod markaz” loyihasi doirasida Rishton tumanining katta ish olib borilmoqda. Tumanning shohko‘chalari 25 metrga kengaytirilib, 3 tasmali yo‘l tashkil etilayotir. Yo‘lning ikki chetida zamonaviy infratuzilma yaratilmoqda.

Eng muhimi, bu jarayonda ikki yo‘l chetida 400 dan ortiq oilalar uylarini yangidan qurmoqda. Ularga kompensatsiya pulidan tashqari qurilish materiallari yetkazib berilmoqda. Ammo Rishtonda uy qurayotganlarning aksariyati kulol, ular orasida og‘ir ijtimoiy ahvoldagi oilalar, yakka-yolg‘izlar, nogironligi bor shaxslar ko‘p. Shuni inobatga olgan holda Farg‘ona ahli bir yoqadan bosh chiqarib, Rishton ahliga yordam bermoqda

30 iyul kuniga qadar Rishtonda uy qurayotgan oilalarga qariyb 1 million 400 ming dona g‘isht, 441 tonna sement, 161 mashina qum, 585 mashina shag‘al, 600 dona shifer yetkazib berildi. Buning natijasida ayni paytda 152 ta yangi xonadonning poydevori qurildi, 116 ta uyning g‘ishti terilmoqda, 4 ta uyda suvoq, 10 ta xonadonda tom yopish ishlari ketmoqda. Bu jarayonda 151 ta texnika, minglab quruvchilar ishlamoqda, ularga asosan obodonlashtirish, jamoatchilik asosida ish bilan ta'minlangan fuqarolar, tashabbuskor insonlar yordam bermoqda.

Rishton tumanining o‘zida uy-joyini yangilayotgan xonadonlarda yashovchi 535 nafar fuqaro jamoatchilik asosida ish bilan ta'minlangan. Ular o‘z uyida ishlamoqda. Buning uchun davlatdan 600-800 ming so‘m atrofida oylik ham olmoqda.

Qalaynov mahallasida yashovchi 59 yoshli Adhamjon Abdullaev va o‘g‘li Shahzod o‘z uyida ustalarga yordam berib, jamoatchilik asosida ish bilan ta'minlangan. Ular barpo qilayotgan ikki qavatli uyning birinchi qavati do‘kon, ikkinchi qavati esa mehmonxona bo‘ladi.

Tumanning Markaz mahallasida yashaydigan Dildora Tojiboeva bir o‘g‘li bilan ota-onasining uyida yashaydi. Ularning buzilgan uy-joyi uchun boshqa mahalladan 9 sotix yer, kompensatsiya puli, bundan tashqari yetarlicha sement, qum, g‘isht yetkazib berildi. Ular ayni paytda podvali bilan ikki qavatli uy qurmoqda. Uyning birinchi qavatida ikkita do‘kon bo‘ladi. Shu do‘konlar ortidan ular barqaror ishli-daromadli, yangi uyli bo‘lishadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech