27 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +35,9 °C

Xavfsizlik
2 May  2019 769

54 million so‘mlikdan ziyod noqonuniy olib kirilayotgan avtomobil ehtiyot qismlari fosh etildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi “Qoraqalpog‘iston” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari yo‘lovchi poezdida noqonuniy ravishda yurtimizga avtomobil ehtiyot qismlarini olib kirishga bo‘lgan urinishga chek qo‘yishdi, deb xabar bermoqda Davlat bojxona boshqarmasi.

Mazkur bojxona postiga qo‘shni mamlakatdan yo‘lovchi poezdida kirib kelgan fuqaro B.Sh. bojxona xodimlarini chalg‘itmoqchi bo‘ldi. Ya'ni, vagon choyshablari saqlanadigan qoplar ichiga qiymati 54 million so‘mlikdan ziyod 309 dona deklaratsiyalanmagan, hyech qanday hujjatlari bo‘lmagan avtomobillar uchun gaz uskunasi qismlarini joylashtirgan. Biroq bu harakat bojxona nazorati jarayonida fosh etildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom etmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech