18 Aprel 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21 °C

Mamlakatimizda
23 Fevral  2019 851

54,6 million so‘mlik noqonuniy olib kirilgan biologik faol moddalar qo‘lga olindi

Yaqinda Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari sifati kafolatlanmagan tovarlarni noqonuniy aylanmasiga doir navbatdagi bojxona qoidabuzarliklarini fosh qilishdi, deb xabar bermoqda Davlat bojxona qo‘mitasi.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Olmazor tumanida fuqaro A.T. o‘zining boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli yuk avtomashinasidan 7 turdagi 840 dona xorijda ishlab chiqarilgan biologik faol moddalarni tushirayotgan vaqtda to‘xtatilgan. Umumiy qiymati 54,6 million so‘mni tashkil etadigan mazkur tovarlar hech qanday hujjatga ega bo‘lmagan va yurtimizga noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilgan.

Ayni paytda yuqoridagi holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech